Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 124 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 20 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi - suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты