O‘zbekistonda yo‘l harakat xavfsizligini taʼminlashga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Ichki ishlar vazirligi va hokimliklar bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari (jumladan, mahalla yoshlari) o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yashil chiroq” musobaqalarini uch bosqichda o‘tkazilishini tashkil etadi.
“Yashil chiroq” musobaqalari hamda “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi taʼminlangan hudud” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100315 | Инструменты