Boliviyaning Sukre shahrida bo‘lib o‘tgan 37-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI–2025) dunyo bo‘ylab eng iqtidorli yoshlarni bir joyga jamladi.
Mazkur nufuzli musobaqada 84 ta mamlakatdan 330 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur olimpiadada munosib ishtirok etib, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Olimpiadaning yakunlovchi marosimida 2026 yilgi Xalqaro informatika olimpiadasini O‘zbekiston Respublikasi mezbonligida o‘tkazish huquqi rasman topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80416 | Инструменты