Huawei 1
2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo havzasida 5% gacha, Amudaryo havzasida 15% gacha kamayishi kutilmoqda

2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo havzasida 5% gacha, Amudaryo havzasida 15% gacha kamayishi kutilmoqda. Bu haqda AOKAda Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdushukur Hamzayev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, orol dengizi havzasida hozirgi kunda qariyib 2 mln gektar maydonda yerlarning degradasiyasi va cho‘llanish jarayonlari kuzatilmoqda. Joriy yilda o‘rmon barpo etish hajmi Orol dengizining qurigan tubida 458 ming gektarda bajarilgan.

Bundan tashqari Nukus, Xiva, Urganch va Buxoro shaharlari atrofida qum harakatlarini oldini olish, qum bo‘ronlarini salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadlarida 30 km masofada “Yashil belbog‘” tashkil etildi.

Yevropa Investitsion Banki tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 35 mln yevro kredit va grant mablag‘lari ajratilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu loyiha doirasida hududda 17,5 ming gektar degradasiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2022 yilda Ekologiya qo‘mitasi, GEF va BMT TD ko‘magida “Orol dengizi xavzasi landshaftidagi ko‘llar, botqoq yerlar va qurg‘oqchil yo‘laklarnisaqlash va barqaror boshqarish asosida yer degradasiyasini neytral xolatga keltirish orqali barqaror hayotni qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida o‘rmonlarni, yaylovlarni barqaror boshqarish va ishdan chiqqan yerlarni neytral xolatga keltirish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshirish komponenti ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10604 | Инструменты