Respublika Gidrometeorologiya markazi 21-mart, dushanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 21-23° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida 2000 m dan yuqorida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111616 | Инструменты