Huawei 1
25-dekabrga qadar O'zbekistonning Energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Bugun, 14-dekabr kuni bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, prezidentning energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Sultonov va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari Doniyor Qodirov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

“Bosh prokuratura, Energetika vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, yirik strategik korxonalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzib, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda joriy yil 25 dekabrga qadar mamlakatning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha topshirig‘i berildi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yig‘ilish ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitilib, konsepsiya loyihasini ishlab chiqishga kirishilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121418 | Инструменты