Huawei 1
27-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 6 mln yevro ajratdi

Mazkur mablag‘ mamlakatga qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar olib borilishini rag‘batlantirish va makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda yaxshi natijalar ko‘rsatgani uchun taqdim etilgan.

O‘zbekistondagi o‘rtacha maoshlar ma’lum qilindi

Shuningdek, o‘rtacha oylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi aytildi.

Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotiladi. Sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentda ma’muriy binolar qurishga sarflanadi.

“O'zbekistonda uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” — Markaziy bank raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov barcha birlamchi bozordagi uylarga ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

“Bog‘ning menejeri davlat bo‘lishi noto‘g‘ri. Butun dunyoda shunaqa” — Toshkent shahar hokimi

Shavkat Umrzoqov bog‘larga davlat menejer bo‘lmasligi kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yashil hududning kvadrat metrini saqlash 20−50 dollar turadi — bu davlat budjeti uchun katta yuk.

O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida kriminologiya sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

“Staff Mobility” – ilmiy xodimlarning almashinuvi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutining xodimlarini 14 kundan 4 oygacha muddatga Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot institutiga ilmiy stajirovka o‘tashga yuborish masalasi ishlab chiqilishi belgilandi.

O‘zbekistonda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qiluvchi “E-bozor” tizimi joriy etiladi

Bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishtiroki majburiy ekani bilan bog‘liq talabni bekor qilgan holda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonlik migrant odamlarni yong‘indan qutqarib qoldi

Mahallada tozalovchi bo‘lib ishlovchi o‘zbekistonlik erkak yong‘in vaqtida yuqori qavatga ko‘tarilib, yong‘inda qolgan fuqarolarni qutqardi. U odamlarni 3-qavatdan pastga tushishiga ko‘maklashgan.

"Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan" — ILMA bukmekerlik haqidagi farmonni izohladi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatdan mablag‘larning chiqib ketishi yiliga 350 mln dollardan 1 mlrd dollargachani tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi

“Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga