Huawei 1
28-29-oktyabrdagi Toshkent–Andijon va Andijon–Toshkent yoʻnalishidagi poyezd reyslari bekor qilindi

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning xabar berishicha, “Sergeli” va “Jaloir” stansiyalari oralig’ida temir yo’l reabilitatsiya qilinmoqda.

Shu sababli, Toshkent–Andijon yoʻnalishidagi 64-sonli yo’lovchi poyezd  2022-yil 28-oktabr kuni soat 17:22 da va Andijon–Toshkent yoʻnalishidagi 63-sonli poyezd harakati 2022-yil 29-oktabr, soat 7:00 da vaqtincha bekor qilinadi.

Xarid qilingan chiptalar temir yo'l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o'rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa http://chipta.railway.uz  saytidagi "shaxsiy kabinet" orqali qaytariladi.

Qo‘shimcha savollaringiz bo'lsa, Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan javob olishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92704 | Инструменты