Huawei 1
Sherzodxon Qudratxo’ja: Boshqa davlatning mamlakatimiz ichki ishlariga aralashuvi mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas

Avvalroq, Toshkentdagi maktabda sodir bo‘lgan holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova O‘zbekistondan izoh berishini so‘ragandi. Zaxarovaning O‘zbekiston ichidagi voqeaga aralashishiga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja munosabat bildirdi.

"O‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Boshqa davlatning mamlakatimiz ichki ishlariga aralashuvi mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas.

Bu shubhasiz ko‘ngilsiz, tor doiradagi, ya’ni mahalliy darajadagi voqeaga millatlararo va tillararo, qandaydir maqsadga xizmat qiluvchi tus berish mutlaqo mumkin emas.

Ushbu videoni ko‘rib, men ham barcha hamyurtlarimiz kabi juda hayratda qoldim.  Buni bilish uchun turli ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga nazar tashlasangiz yetarli.  O‘qituvchining xatti-harakati barchaning g‘azabiga va noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Mamlakatimizda qaysi tilda gaplashilishidan qat’i nazar barcha fuqarolar teng huquqlidir. Maktabda o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatish umuman aqlga sig‘maydigan holatdir. Men ham bunga qarshiman.

Bu hodisaga huquqiy baho beriladi va aybdorlar albatta, qonun doirasida to‘liq jazolanadi.  Bunga hech qanday shubha yo‘q.

Aslo shubha yo‘qki, O‘zbekiston – mustaqil suveren davlat. Va o‘zining ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi.

Bu mening Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning bayonotiga munosabatimdir.
Qolaversa, zikr etilgan davlatning o‘zida ichki hal qilinmagan muammolari yetarlicha", deya yozgan Sherzodxon Qudratxo'ja. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92704 | Инструменты