Huawei 1
Toshkentda avtobus yo‘lovchisi sog‘ligi yomonlashib, vafot etdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki piyodani transport vositasi urib yuborgani va piyoda vafot etgani haqida maʼlumot tarqatildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB mazkur xabarni rad etib, holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Olmazor tumani Beruniy metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchi – 1961 y.t. A.A.ning sog‘lig‘i yomonlashib qolgan.

Yo‘lovchiga havo yetmaganligi sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez-tibbiy yordam chaqirtirilgan. Biroq, yo‘lovchi tez-tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92704 | Инструменты