Huawei 1
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Xurshidjon Musajonovich Eshqo‘ziyev — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Jahongir Baxtiyarovich Baybayev — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

J.Baybayev ushbu tayinlovga qadar “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92704 | Инструменты