28 dekabr sanasi dunyoda Xalqaro kino kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kun ushbu ajoyib san'at vakillari – kinoijodkorlar hamda butun dunyodagi kinomuhlislarining bayrami. 1895 yilning 28 dekabrida Parijning Kaputsinok bulvarida aka-uka Lyumerlar birinchi bor kinematografiya namoyishini o'tkazganlar. Aynan shu sana hozirgi kunda Xalqaro kino kuni sifatida nishonlanadi.

Qayd etish joizki, 1895 yili Ogyust va Lui Lyumerlar o'zlari ixtiro qilgan “Kinematografiya” uskunasiga patent oladilar. O'sha yilning 22 mart kuni ular Parijda ilk kinoseans tashkil qilishadi. Aka-ukalar eng yaqin do'stlaridan iborat sanoqli odamgagina “Ishchilarning Lyumer zavodidan chiqishi” tasvirlangan qisqa tasmani namoyish qilishadi. 28 dekabr kuni Xalqaro kino kunini nishonlanishiga sabab, parijdagi kafeda “La Sota vokzaliga poyezd kelishi” qisqametrajli filmi namoyishi uchun, kinematografiya tarixida birinchi bor tomoshabinlardan haq olingan. O'shanda ekrandan o'zlari tomon yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko'rgan tomoshabinlar o'rnilaridan turib qochishga uringanlar.Chunki “hozir poyezd meni bosib ketadi” deb qo'rqishgan. 1908 yilning 15 oktyabr kuni Rossiyada ilk film namoyish etilgan. Va u atigi 7 daqiqa davom etgan.
Shundan beri kinematografiya ovozsiz filmdan ovozligacha, oq-qora tasvirdan rangligacha, tasmadan raqamligacha bo'lgan ulkan yo'lni bosib o'tdi.
Ma’lumki, filmlar turli janrda: ilmiy, hujjatli yo publitsistik hamda badiiy bo'ladi. Hozrgi paytda dunyo bo'ylab Moskva xalqaro kinofestivali, Kannda “Oltin palma yaprog'i”, Venetsiya xalqaro kinofestivallari, “Berlinale”, “Oskar” kabi qator kinofestivallar o'tkazib kelinmoqda. Bu ham bugungi ku kinomaotografiya san’tining yuksalib rivoj topib borayotganligidan dalolatdir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43019 | Инструменты