284 041 nafar xotin-qizlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1 mln. 265 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 995 239 nafariga tegishli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan,
- ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 548 857 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi;
- 35 968 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun jami kreditlar ajratildi;
- boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 160 893 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan 181 724 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga moddiy yordamlar ajratildi;
- 5 459 nafar xotin-qizlarga turar-joy uchun ijara kompensatsiyasi to‘lab berildi;
- qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud 61 906 nafar xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, ularning 1 470 nafariga tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashildi, shuningdek, 2 794 nafarining uy-joylarini taʼmirlab berildi.
2024 yilda 158 ta mamlakatda gender tenglikka erishish yo‘lida muvaffaqiyat va kamchiliklarni aniqlash imkonini beruvchi Gender tenglik va boshqaruv indeksi (GEGI) bo‘yicha O‘zbekiston 72,8 ball to‘plab, 2022 yil qayd etilgan 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты