Huawei 1
29,7 mlrd so'mlik davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo'l qo'ygan Urganch davlat universitetiga nisbatan tegishli chora ko'rildi

Raqobat qo‘mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirig‘iga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich narxi 29,7 mlrd so‘m bo‘lgan tender savdosi yuzasidan o‘rganish ishlarini o‘tkazdi

O‘rganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” obyektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi maʼlum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy taʼlim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan.

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92001 | Инструменты