Huawei 1
"3 yilga 15%li kredit asosida mashina olib beraman" degan shaxs 7 oy o'tib qo'lga olindi

2020-yildan 2021-yilning aprel oyiga qadar Sh.S. o‘zining 4 nafar sheriklari bilan “LID CAR” nomli MCHJ tashkil etgan. “3 yil muddatga 15%li kredit” asosida 90 kun ichida avtomashina olib berish haqida yolg‘on axborotlarni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "AVTO CREDIT “LID CAR” OFFICIAL" nomli kanalida tarqatgan. Fuqarolarni aldab, ularning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan.

Mazkur uyushgan guruh dastlab faoliyatini Toshkent shahrida, so‘ng Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida olib borib, 100 nafarga yaqin fuqarolarning jami 1,6 mlrd. so‘m pullarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.

Uyushgan guruhning jinoiy faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Biroq, uyushgan jinoiy guruh tashkilotchisi 32 yoshli Sh.S. tergovdan bo‘yin tovlab, javobgarlikdan qutilish maqsadida yashiringanligi sababli xalqaro qidiruvga berilgandi.

Joriy yil 8-iyun kuni IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, 2021-yilning noyabr oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan Sh.S. Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida xonadonlarda yashirinib yashab kelayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi va tergov organiga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52010 | Инструменты