Huawei 1
Toshkentda qurilish kompaniyasi rahbarini uy sotib olganlar urib, unga jarohat yetkazishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar hamda qurilish tashkiloti masʼullari o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati maʼlumot berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 iyun kuni taxminan soat 20:50 larda Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “STAR HOUSE” MCHJ ofisida shu tashkilot rahbari 1973 yilda tug‘ilgan B.M. hamda jamiyat tomonidan qurilgan uyni sotib olgan fuqarolar o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Fuqarolar ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari chiqmayotganligi hamda gaz taʼminoti ulanmayotganligi sababli MCHJ rahbariyatiga eʼtiroz bildirishgan. Janjal natijasida MCHJ rahbari B.M. “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” va 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro O.U. “qorin qismida og‘riq” tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62416 | Инструменты