Uzcosmos agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida bu yil ham may - avgust oylari davomida gʻalladan boʻshagan yerlarda somon poyalarining noqonuniy yoqilishi bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda tahliliy kuzatuvlarni o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, respublikaning 13 ta hududida 2 436 ta holat bo‘yicha 27 ming gektardan ziyod ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy yoqib yuborilgan maydonlar aniqlangan. Bu ko‘rsatkich 2024 – yilda 31 ming 542 gektarni tashkil etgan edi.
Joriy yilgi hududlar taqsimoti quyidagicha:
Davlat kosmik monitoringi doirasida eng ko‘p dala yong’inlari kuzatilgan hudud Toshkent viloyati deya qayd etildi. Eng past daraja Navoiy viloyatida bo’ldi. O‘tgan 2024 – yilda ham noqonuniy holatlarning ko‘pligi bo‘yicha Toshkent viloyati birinchi o‘rinda edi.
Qayd etish lozim, Uzcosmos agentligi olib borgan tahlillarda 2024 – yilda aniqlangan va bu yil ham takroriy tarzda yoqib yuborilgan hududlar ham aniqlandi. Ular Toshkent viloyatida 73 ta, Surxondaryo viloyatida 47 ta va Samarqand viloyatida 13 ta.
Eslatib oʻtamiz, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi. Bu esa inson organizmida sil va saraton kasalliklari kelib chiqishi, atrof-muhit ifloslanib, tuproq unumdorligi pasayishi kabi oqibatlarga olib keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91216 | Инструменты