Huawei 1
Nepal qamoqxonalaridan kamida 15 ming mahbus qochib ketdi

Nepal bo’ylab sodir bo’layotgan norozilik nomoyishlarida 20 dan ortiq qamoqxonalardan kamida 15 ming mahbus qochdi.

Mamlakatning g‘arbiy Kailali provinsiyasi poytaxti Dhangadhida qamoqdan qochgan 692 nafar mahbusdan biri ertasi kuni o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lgan. U hokimiyatga navbatdagi hukumat kelgach, qo’lga olinsa, jazosi ikki barobar oshishidan qo‘rqqanini bildirgan. Xodimlar dastlab mahbusni eshitishmagan, ammo so‘ngra uni ichkariga olishga rozilik bildirilgan. Ushbu qamoqxonada namoyishlar boshlanishidan oldin 697 nafar mahbus bo‘lgan.

Mamlakatda namoyishlar boshlanganidan beri kamida 8 nafar mahbus xavfsizlik xodimlari bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan.

Ma'lumot o'rnida, mamlakatda so‘nggi kunlarda aholining yosh qatlami ishtirokida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari uyushtirilmoqda. Ular hukumatning bir necha ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashiga hamda korrupsiyaga qarshi norozilik bildirmoqda. Shu sabab bosh vazir KP Sharma Oli 9-sentabr kuni iste’fo berishga majbur bo‘lgan.

Nepal armiyasi 11-sentabr kuni taxminan 200 nafar mahbusni yana qo‘lga olgan, biroq minglab qochqinlar hali ham ozodlikda yuribdi. politsiya mamlakatda tinchlik o‘rnatishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91218 | Инструменты