Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-may oylarida 488,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
2025 yilning yanvar-may oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Ko‘mir – 2,4 mln tonna
— Neft – 270,8 ming tonna
— Tabiiy gaz – 18,4 mlrd kub.m
— Gaz kondensati – 482,1 ming tonna
— Yuk avtomobillari – 1 620 dona
— Avtomobil dvigatellari – 106 353 dona
— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 153 814 dona.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62415 | Инструменты