Huawei 1
5 yil qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs Istanbulda ushlandi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.

Unga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan ushbu fuqaro 1977 yilda tug‘ilgan Otabek Mashrabovich Abdullayev bo‘lib, u bugun, 12 sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. 

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan. 

“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi”, deyilgan xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91913 | Инструменты