Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi
12-17 mart kunlari o'tkazilgan VI Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida o'zbekistonlik o'quvchilar 4 ta kumush va bitta bronza medalni qo'lga kiritdi.
Joriy yilda Olimpiada epidemiologik vaziyatni inobatga olib ham masofaviy ham oflayn tarzda o'tkazildi. Xalqaro olimpiadada turli davlatlardan jami 100 dan ortiq jamoalar ishtirok etdi.
G'olib bo'lgan o'quvchilar bilan tanishing:
Olimjon Olimov — kumush medal (Buxoro viloyati, Qorako'l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o'quvchisi);
Muhammadrizo Madjidov — kumush medal (Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10 sinf o'quvchisi);
Jaloliddin Xolmatov — kumush medal (Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi AFIDUM 9-sinf o'quvchisi);
Diyorbek Tolibov — kumush medal (Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani 5 son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi);
Doniyor Ismoilov — bronza medal (Buxoro viloyati, Qorako'l xalqaro matematika maktabining 11 sinf o'quvchisi);
Nodira Sa'dullayeva — fahriy yorliq (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi);
Terma jamoa rahbari Xalq ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi — Sardor Bozorboyev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110616 | Инструменты