76-sonli yo'nalishga zamonaviy yangi avtobuslar ishga chiqariladi
Toshkent shahri aholisidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, yo'lovchilarga ko'rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo'nalishlarda oraliq qatnov va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishini ta'minlash maqsadida, 2020 yil 1-sentyabrdan boshlab, 76-sonli “Qora qamish 2/4-mavzesi – Toshkent vokzali” avtobus yo'nalishida “Avtosantrans-Servis” MCHJning xizmat ko'rsatishi yo'lga qo'yiladi.
Ushbu korxona tomonidan 76-sonli yo'nalishda “Yutong” va “Isuzu” rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.
Yo'nalishda xizmat ko'rsatish davomida yo'lovchilarning oylik yo'l chiptalari haqiqiy hisoblanadi. Shuningdek, yo'l haqini elektron transport kartalari orqali to'lash uchun avtobuslar maxsus validatorlar bilan ta'minlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42802 | Инструменты