Huawei 1
Samarqandda Tracker-2 avtomashinasi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi

2024- yil 23- sentyabr kuni soat 19:10lar atrofida Samarqand shahar Afrosiyob koʻchasida "Tracker-2" rusumli transport vositasi haydovchisi piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan, voyaga yetmagan, 2012- yilda tugʻilgan velosipedchini urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92417 | Инструменты