Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida 8374 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Tahlil qilinishicha, O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (82,4 foiz) va Rossiyaga (14,2) yo‘l olgan. Xususan, 9 oy davomida mamlakatdan ko‘chganlar soni quyidagicha:
- Qozog‘istonga 6 903 kishi;
- Rossiyaga 1 193 kishi;
- Qirg‘izistonga 49 kishi;
- Janubiy Koreyaga 60 kishi;
- Turkmanistonga 30 kishi;
- Boshqa mamlakatlar 139 kishi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51016 | Инструменты