Huawei 1
9 oyda “O‘zbekgidroenergo” AJga jami 261 ta murojaat kelib tushgan

“O‘zbekgidroenergo” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) va uning tizim korxonalari bo‘yicha 2024-yilning 9 oy yakuni bilan jami 261 ta, shundan 30 ta (11,5%) og‘zaki, 71 ta (27,2%) yozma va 160 ta (61,3%) elektron shakllarda murojaatlar kelib tushgan.

Shundan, ijobiy hal etilgan 100 ta (38,3 %), tushuntirilgan 132 ta (50,6 %), taalluqliligi bo‘yicha tegishli vazirliklarga yuborilgan 14 ta (5,4%), o‘rganish jarayonida 2 ta (0,8 %) va 13 ta (4,9 %) rad etilgan.

Murojaatlarning 19 tasi (7,3 %) dublekat va takroriy tartibdagi murojaatlarga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 83 ta (31,8% jami 261 taga nisbatan) murojaatlar kelib tushgan. Shundan ijobiy hal etilgan 22 ta (26,5 %), tushuntirilgan 39 ta (47,0 %), o‘rganish jarayonida 1 ta (1,2 %), tegishligi bo‘yicha yuborilgan 11 ta (13,3 %) va rad etilganlar 10 ta (12,0 %) ni tashkil qilgan.

Jamiyat ijro apparatiga 2024-yilning 9 oyi davomida jami 138 ta (52,9 %) murojaat kelib tushgan bo‘lib, 14 ta (10,1 %) og‘zaki, 36 ta (26,1 %) yozma va 88 ta (63,8%) murojaat elektron shakllarda kelib tushgan.

Murojaatlarning 43 tasi (31,2 %) ijobiy hal etilgan, 72 tasiga (52,2 %) tushuntirish berilgan, 11 tasi (8,0 %) taalluqligi bo‘yicha yuborilgan, 2 tasi (1,4 %) o‘rganish jarayonida, 10 tasi (7,2 %) rad etilgan.

Shuningdek, 19 ta (13,8 %) murojaatlar dublekat va takroriy murojaat tartibida ro‘yxatga olingan.

Jamiyat ijro apparatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 70 ta (50,7 %) murojaat kelib tushgan bo‘lib, 15 tasi (21,4 %) ijobiy hal etilgan, 36 tasi (51,4 %) tushuntirilgan, 10 tasi (14,3 %) tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 8 ta (11,4 %) murojaat rad etilgan, 1 tasi (1,4 %) o‘rganish jarayonida.

Jamiyat tarkibidagi tizim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda – tizim tashkilotlari) jami 123 ta (47,1%) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 35 ta (28,5 %) yozma, 72 ta (58,5 %) elektron va 16 ta (13,0 %) og‘zaki shaklda kelib tushgan.

Murojaatlarning 57 tasi (46,4 %) ijobiy hal etilgan, 60 ta (48,8 %) holatda tushuntirishlar berilgan, 3 tasi (2,4 %) rad etilgan, 3 tasi (2,4 %) taalluqliligi bo‘yicha tegishli korxonalarga yo‘naltirilgan.

Jamiyatda kelib tushayotgan murojaatlardagi masalalarni hal etish maqsadida, muammo yoki masalaning kelib chiqish sabablari aniqlanib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida Jamiyat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda rahbar va xodimlarni masʼuliyatini oshirish maqsadida “Gidroproyekt” AJ, “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” va “Samarqand GESlar kaskadi unitar korxonalarida ko‘rgazmali o‘quv amaliy seminarlari tashkil etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda o‘quv kursi tashkil etilib, 66 nafar rahbar va xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha malakalari oshirilgan.

OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida sohaga doir maqola rasmiy veb-saytga joylashtirilib, jamoatchilik fikrini o‘rganish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda “Sayyor qabul – samarali usul” degan g‘oyani ilgari surgan holda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish maqsadida rahbariyatning tizim tashkilotlari joylashgan hududlarda anʼanaviy sayyor qabullarini tashkil etish va uni amalga oshirish borasidagi muhim vazifa va maqsadlar belgilab olingan.

Bundan tashqari, respublika hududidagi hokimliklar bilan birgalikdagi o‘zaro hamkorlikda joylarda ommaviy sayyor qabul o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты