FIDE Magnus Karlsen bilan bo‘lgan janjaldan keyin jinsi shimlarda blits-turnir o‘ynashga ruxsat berdi.
«Talab oddiy: siz hali ham rasmiy kiyinish qoidalariga amal qilishingiz kerak, lekin kichik istisnolarga (masalan, ko‘ylagi bilan mos keladigan jinsi kiyishga) ruxsat beriladi», deyiladi xalqaro shaxmat federatsiyasi rahbari Arkadiy Dvorkovich bayonotida.
Kiyinish qoidalarining yumshatilishiga sobiq jahon chempioni Magnus Karlsenning Nyu-Yorkdagi rapid va blits bo‘yicha jahon birinchiligida ishtirok etishdan bosh tortganiga sabab bo‘ldi. 28 dekabr, shanba kuni norvegiyalik shaxmatchi turnirga jinsi shimlarda kelgan, biroq undan kiyim almashtirish so‘ralib, 200 dollar jarimaga solingandi.
Karlsen buni rad etdi va turnirni tark etdi. Qoidalar yumshatilgach, u chempionatga (blits turniriga) qaytishga rozi bo‘ldi va jinsi shimlarda kelishga va’da berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10217 | Инструменты