Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan prezidentning 2022-yil 31-maydagi (PF-145) va 2023-yil 23-martdagi (PF-41) farmonining 1-ilovasida ko‘rsatilgan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Har ikki qaror ham iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan edi.
Gap oziq-ovqat va boshqa tovarlarning quyidagi 59 toifasi haqida bormoqda:
Yangi, sovutilgan, muzlatilgan yirik shoxli qoramollar, qo‘ylar, echkilar, otlar, xachirlarning iste’mol qilinadigan submahsulotlari;
Baliq;
Baliq filesi;
Quritilgan, tuzlangan yoki dudlangan baliq;
Shakar yoxud boshqa shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘shilgan quyultirilgan sut va qaymoqlar;
Sariyog‘ va sutdan tayyorlangan boshqa moylar va yog‘lar, sut pastalari;
Po‘choqli, yangi, konservalangan yoki qaynatilgan parranda tuxumlari;
Bananlar, shu jumladan yangi yoki quritilgan plantaynlar;
Yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari);
Qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva, kofe qobig‘i va qahva donalarining qobig‘i, har qanday nisbatdagi qahvani o‘z ichiga olgan qahva o‘rnini bosuvchilari;
Bir martalik qadoqdagi netto og‘irligi 3 kg dan oshmaydigan birlamchi qadoqlardagi choy;
Netto og‘irligi 3 kg dan oshmaydigan birlamchi qadoqdagi boshqa choy;
Tozalangan yoki tozalanmagan soya yog‘i va uning fraksiyalari;
Tozalangan yoki tozalanmagan yer yong‘oq yog‘i va uning fraksiyalari;
Tozalangan yoki tozalanmagan palma yog‘i va uning fraksiyalari;
Tozalangan yoki tozalanmagan raps (rapsdan yoki kolzadan) yoki xantal yog‘i va ularning fraksiyalari;
Hayvon va o‘simlik yog‘lari va moylari va uning fraksiyalari;
Margarin;
Solod ekstrakti;
Yormalar, granulalar, sharlar, donalar yoki shunga o‘xshash shakllarda kraxmaldan tayyorlangan tapioka va uning o‘rnini bosuvchilari;
Yormalar donlari yoki donli mahsulotlarini shishirish yoki qovurish orqali olingan tayyor oziqa mahsulotlari, yorma shaklidagi yoxud don yoki boshqa usulda tayyorlangan (mayin va yirik maydalangan un, yormadan tashqari), dastlabki tarzda qaynatilgan yoki boshqacha usulda tayyorlangan, boshqa joyda ko‘rsatilmagan yoki kiritilmagan yorma shaklidagi don (makkajo‘xori donalaridan tashqari);
Xamirturush;
Bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni;
Cho‘chqa go‘shti, boshqa go‘sht va go‘shtli oziq-ovqat submahsulotlari, cho‘chqa yog‘i, go‘shtdan ajratib olingan yog‘ va uy parrandasi yog‘i;
Yogurt, paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq va boshqa fermentlangan yoki achitilgan sut va qaymoq;
Pishloq va tvoroglar;
Qobiqsiz tuxum va tuxumning sarig‘i;
Sholg‘omsimon dumaloq piyoz, shalot piyozi, sarimsoqpiyoz, piyoz-porey va boshqa piyozli sabzavotlar‚ yangi yoki sovitilgan;
Salat latuk (Lactuca sativa) va sikoriy (Cichorium spp.), yangi yoki sovitilgan;
Dukkakli sabzavotlar, quritilgan, tozalangan, urug‘langan yoki tozalanmagan, bo‘lingan yoki bo‘linmagan;
Xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
Yangi olma, nok va behi;
Boshqa yangi mevalar;
Bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
G‘alla don donalaridan yorma, yirik tortilgan un va granulalar;
Nozik va dag‘al un, kukun, bo‘laklar, kartoshka granulalari;
0713 tovar pozitsiyadagi quritilgan dukkakli sabzavotlarning yirik va mayda tortilgan un va kukunlari, 08 guruhdagi mahsulotlari yoki 0714 tovar pozitsiyasidagi sago palmasining yuragi, ildizlari yoki ildiz mevalari;
Kraxmal, inulin;
Kokos (kopra), palma yadrosi yoki babassu moylari va ularning fraksiyalari, rafinadlangan yoki rafinadlanmagan, lekin kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan;
Tayyor yoki konservalangan go‘sht mahsulotlari, yarim tayyor go‘sht, qon yoki hasharotlar mahsulotlari;
Tayyor yoki konservalangan baliq, baliq tuxumidan tayyorlangan osyotr ikrasi va uning o‘rnini bosuvchi moddalar;
Shakarni olish yoki tozalash natijasida hosil bo‘lgan shinni;
Tarkibida kakao bo‘lmagan qandolat mahsulotlari (shu jumladan, oq shokolad);
Kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari;
Spagetti, makaronlar, ugra (lapsha), lazanya, kletski, ravioli, kannelloni kabi makaron mahsulotlari; kuskus, tayyorlangan yoki tayyorlanmagan;
Non, xamirli qandolat mahsulotlari, pirojniylar, pechene va boshqa non-bulochka hamda xamirli qandolat mahsulotlari; vaflilar, vaflili kapsulalar, guruchli qog‘oz va shunga o‘xshash mahsulotlar;
Murabbolar, mevali jele, marmeladlar, meva yoki yong‘oq pyuresi, meva yoki yong‘oq pastalari;
Konservalangan mevalar, yong‘oqlar va o‘simliklarning boshqa iste’mol qilinuvchi qismlari;
Qahva, choy yoki paragvay choyi yoki mate, aragvay choyining ekstraktlari, essensiya va konsentratlari hamda qahva, choy yoki mate yoki paragvay choyi asosidagi tayyor mahsulotlar;
Souslar tayyorlash uchun mahsulotlar va tayyor souslar; ta’mli qo‘shimchalar va aralash ziravorlar; xantal kukuni va tayyor xantal;
Tayyor sho‘rvalar va bulonlar va ularni tayyorlash uchun “yarim tayyor mahsulotlar”; gomogenlashtirilgan tarkibli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari;
Tabiiy yoki sun’iy mineral, gazlangan, shirin ta’m beruvchi moddalar yoki xushbo‘y ta’mli qo‘shimchalar qo‘shilmagan suvlar;
Mineral va gazlangan, shirin ta’m beruvchi moddalar yoki xushbo‘y ta’mli qo‘shimchalar qo‘shilgan suvlar, boshqa alkogolsiz ichimliklar;
Soch uchun vositalar;
Soqol olishdan oldin, soqol olishda va soqol olgandan so‘ng ishlatiladigan vositalar, individual qo‘llash uchun dezodarantlar, vanna qabul qilish uchun birikmalar, tuklarni tushirish uchun vositalar va boshqa attorlik, kosmetik yoki boshqa pardoz vositalari;
Bolalar kiyimlari va jihozlari;
Patak uzunligi 24 sm dan kam bo‘lgan poyabzal;
Spagetti, makaronlar, ugra (lapsha), lazanya, kletski, ravioli, kannelloni kabi makaron mahsulotlari;
Boshqa usulda tayyorlangan yoki konservalangan mevalar, yong‘oqlar va o‘simliklarning boshqa iste’mol qilinuvchi qismlari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10217 | Инструменты