Huawei 1
2025-yilda tug‘iladigan bolalar Beta avlod deb ataladi

2025-2039 yillar oralig‘ida tug‘ilgan bolalar Beta avlod vakillari sifatida tan olinadi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Beta avlod 2010-2024 yillar oralig‘ida tug‘ilgan Alfa avlod ortidan keladi. Undan oldin – 1997-2010 yillarda tug‘ilgan Z avlod, 1981-1996 yillarda tug‘ilgan Y avlod yoki Milleniallar mavjud edi.

Demograf Mark Makkindlning so‘zlariga ko‘ra, 2035 yilga borib, Beta avlod dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi va ular sun’iy intellekt boshqaruvida shakllangan yangi dunyoda yashashni boshlaydi.

“Beta avlod kundalik hayotning barcha jabhalarida – ta’lim va ish joylaridan tortib, sog‘liqni saqlash va ko‘ngilochar sohalargacha sun’iy intellekt va avtomatlashtirish to‘liq integratsiyalangan davrda yashaydi”, dedi Makkindl.

Shuningdek, ekspertning ta’kidlashicha, ushbu yangi avlod bolalari global iqlim o‘zgarishi, jiddiy ijtimoiy muammolar, aholi migratsiyasi va tezkor urbanizatsiya kabi masalalarga duch keladigan dunyoni meros qilib oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10217 | Инструменты