Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111309 | Инструменты