Huawei 2
Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilib, “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Bu haqda bugun, 4-yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari raisligida bo'lib o'tgan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Shuningdek, tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan xatolar, fuqarolar murojaatini tinglashdagi kamchiliklar, aholi bilan ishlashdagi muammolar va mo‘min-musulmonlar ehtiyojlarini ta’minlashdagi oqsoqliklar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, poytaxtdagi bir nechta tuman bosh imom-xatibi va markaziy masjid imom-xatibi vazifalari vakant bo‘lib turgani oqibatida kelib tushayotgan shikoyatlarga ham majlisda urg‘u qaratildi.

Avvalroq, Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik. Raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga esa Toshkent islom instituti rektori vazifasida ishlagan Uyg‘un domla Gʻofurov tayinlandi. Ushbu institut rektori lavozimiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi mudiri, doktor, professor, Muhammadsiddiqov Muhammadolim tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga