Xabaringiz bor, kecha 27-avgust kuni bu yilgi imtihon natijalari e'lon qilindi. Shu o'rinda, talabalik baxtiga yetishganlarni tabriklaymiz. Bu baxtni his qila olmaganlarga shijoatni yo'qotmay keyingi urinishlar uchun harakatni boshlashlarini aytib, omad tilaymiz.
Bilamizki, talaba bir nechta OTMga topshirish va unga kirish imkoniyatiga ega. Xo'sh, bunday paytda 5 ta yo'nalishdan birini tanlashning imkoni bormi?
Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetadi, istalgan birini tanlasam bo’ladi degan fikrda. Ammo, buning imkoni yo’q.
Chunki abituriyentlar hujjat topshirayotganda ustuvorlikni belgilagan holda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni imtihon avval belgilangan. Shu sababli abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi.
Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Mandat.dtm.uz saytida qaysi yo‘nalish yashil yoki sariq rangga bo‘yalgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi. Qizil rang bo‘lsa, umuman hech qaysiga kira olmagan bo‘ladi. Pastda ham kirgan yo‘nalishi nomi yozilgan bo‘ladi. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51207 | Инструменты