Adliya vazirligi: Media mahsulotlarni "maʼnaviy ekspertiza"dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi

Avvalroq, O‘zbekistonda mediamahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Adliya vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq vazirlik va idoralarning shunday turdagi huquqiy hujjatlari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan bu turdagi hujjatlar tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

Shu bois, media mahsulotlarini “maʼnaviy ekspertiza”dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilinganligi va ijrodan chaqirib olinganligi maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mutaxassislari tomonidan turli manbalarda tarqatilgan media mahsulotlarning amaldagi qonunchilikka zidligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish yuzasidan tahliliy fikrlar tarzida vakolatli organlarga belgilangan tartibda taklif kiritib borish maqsadga muvofiqligi haqida tavsiyalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42720 | Инструменты