Huawei 1
Afg‘oniston Respublikasiga 1,09 mln. AQSh dollariga teng O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksport qilindi

Hozirgi kunda “O‘zfarmsanoat” AK tarkibida faoliyat olib borayotgan korxonalar tomonidan doimiy ravishda Afg‘oniston Respublikasining farmatsevtika bozorida marketing izlanishlari olib borilmoqda.

Natijada, Afg‘onistonda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar haqidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

Bugungi kunda umumiy qiymati 1,09 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari Afg‘oniston Respublikasiga eksport qilindi.

Ta’kidlash lozimki, Qobul shahridagi «UAT Company» Savdo uyida doimiy tarzda faoliyat olib borayotgan «Show Room» ko‘rgazmalar zalida “O‘zfarmsanoat” AKning 590 turdagi farmatsevtika mahsulotlari namunalari yangi ekspozitsiyada namoyish etildi.

Shu narsa quvonarliki, yaqinda Surxandaryo viloyati Termez shahrida tashkil etilgan“Termiz Cargo Centre” xududida Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan farmatsevtika mahsulotlari distribyuterlarini jalb etish maqsadida “O‘zfarmsanoat” AKning 36 ta korxonalarining farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Afg‘onistonning 30 dan ziyod kompaniya vakillari mazkur logistika markazi negizida tashkil etilgan “Termiz kargo” eksport markazining ochilishda ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida «Uzgermed Pharm» MChJ QK va «Jurabek Laboratories» MChJ QKo‘z mahsulotlarini taqdimotini o‘tkazdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61008 | Инструменты