Huawei 1
“Afrosiyob” poyezdi qatnovi vaqtiga o‘zgartirish kiritilmoqda

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar qildi.

Izohlanishicha, bu o‘zgarish xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

“Afrosiyob” elektropoyezdlari ertalabki qatnovi vaqtini 1 soat oldinga surish taklif qilinmoqda.

Yaʼni:

- Toshkent – Qarshi yo‘nalishida poyezdning amaldagi jo‘nash vaqti soat 7:24, taklif qilinayotgan vaqt – 6:24;

- Toshkent – Samarqand, amaldagi jo‘nash vaqti 7:47, taklif qilinayotgan vaqt – 6:47;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:23, taklif qilinayotgan vaqt – 7:23;

- Toshkent – Buxoro, amaldagi jo‘nash vaqti 8:50, taklif qilinayotgan vaqt – 7:50.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты