Huawei 1
Toshkentda kreditga olingan mashina sotib yuborildi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro E.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan fuqaro Sh.Yu.ga avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Lixiang L9” rusumli avtotransport vositasini garovga taqdim etmasdan fuqaro A.A.ga naqd pulga sotib yuborib, bank manfaatlariga 585,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты