Alifbo islohoti — 4 ta harfning yangi shakli loyihasi e’lon qilindi

Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.

Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi e’lon qilindi. 

Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o‘zgartirish taklif etilmoqda:

O‘ => Õ õ

G‘ => Ğ ğ

Ch => C c

Sh => Ş ş

Eslatib o'tamiz, 5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya ta’kidlagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42415 | Инструменты