Huawei 1
Andijon hokimi viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazidagi bolalarni borib ko'rdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida bo‘ldi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmatixabar qilmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filialiga kelgan viloyat hokimi toksikologiya bo‘limidagi 12 nafar bolalar bilan uchrashdi.

Dori vositasining nojo‘ya ta’siri oqibatida mazkur shifoxonaga kelgan barcha ota-onalar va bolalar bilan yaqindan suhbatlashdi.

Hozirda bolalarning umumiy holati yaxshilanmoqda. Shifokorlarning aniq ma’lumot berishlaricha, bemorlarda jiddiy yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan hech bir holat mavjud emas. Ularning aksari salomatligi qoniqarli holga kelib, uylariga qaytmoqdalar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53109 | Инструменты