Huawei 1
Andijon va Toshkentda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Andijon viloyatining Andijon va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Andijon tumanida “K.R.” va “I.Ch.” MCHJlarning masʼul shaxslari “R.” nomli choyxona hamda ishlab chiqarish sexida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga yashirin ulangan. Oqibatda 717,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Ohangaron tumanida “T.B.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida 2 dona suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulagan. Natijada jami 309,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101920 | Инструменты