Huawei 1
Toshkentdagi dorixonalardan birining litsenziyasi bekor qilindi

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Nozim-Abdulloh Farm” MCHJga tegishli dorixona litsenziya talab va shartlarini buzgani sababli korxonaning litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini chetlab o‘tgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Nozim-Abdulloh Farm” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2023 yil 17 fevralda berilgan 064097-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi”ning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilgan. Korxonaga berilgan litsenziya esa bekor qilingan.

Mazkur dorixona amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101922 | Инструменты