Huawei 1
Tamaki ishlab chiqaruvchilar Kanada aholisiga 23,6 mlrd dollar kompensatsiya to‘laydi

Dunyodagi uchta yirik tamaki ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Kanadada chekuvchilar sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun 23 milliard dollardan ortiq kompensatsiya to‘lashga tayyor. Gap Philip Morris, British American Tobacco va Japan Tobaccokompaniyalari haqida ketmoqda, deb yozadi Reuters.

Ta’kidlanishicha, Kanadada davom etayotgan sud jarayoni bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish to‘lovi 32,5 milliard Kanada dollarini (23,6 milliard AQSh dollari) tashkil etadi. Bu AQShdan boshqa dunyoning istalgan davlatida tamaki ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘langan eng katta miqdordagi kompensatsiya bo‘ladi.

1950 yildan 1998 yilgacha tamakiga qaram bo‘lib qolgan insonlar, shuningdek, ularning merosxo‘rlari to‘lovlarga da’vogar bo‘la oladi. Kanada provinsiyalari va hududiy hukumatlari ham kompensatsiya oladi.

Ma’lum qilinishicha, kompensatsiyaning yakuniy hisob-kitobi kamida yil oxirigacha davom etadigan yana bir qancha tasdiqlov jarayonlaridan o‘tishi kerak.

Avvalroq Michigan universiteti olimlari har qanday yoshda ham tamaki chekishdan voz kechish inson sog‘lig‘i uchun foydali va umrni uzaytirishini aniqlagan edi. Tamaki tutuni tarkibida minglab zaharli moddalar mavjud bo‘lib, u tananing deyarli barcha organlariga zarar yetkazadi va saratonning ko‘plab turlarini, insult, yurak va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101922 | Инструменты