Huawei 1
O‘zbekistonlik yengilmas MMA jangchisi UFCga murojaat qildi

Bugun AQShning Nyu-York shahrida MMA bo‘yicha LFA 194 turniri o‘tkazildi.

Oqshomning co-main event jangida hamyurtimiz Mirafzal Axtamov amerikalik Skotti Stokmannga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning 53-soniyasidayoq Mirafzal raqibini bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi.

Mirafzal Axtamov MMAda hali mag‘lub bo‘lmagan, uning hisobida 7 g‘alaba va 1 durang bor edi.

Jangdan so‘ng hamyurtimiz UFCdan shartnoma so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101922 | Инструменты