Huawei 1
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Shuhrat Abdurahmonov voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgani aytilgan xabarga raddiya berdi.

Hokimlik 9 may kuni bloger Ulug‘bek Ashur YouTube sahifasida «Andijon viloyati hokimi haqidagi kompromat bor gapmi yoki tuzoqmi?» sarlavhasi bilan eʼlon qilingan videoga munosabat bildirib, videoda viloyat rahbari Shuhrat Abdurahmonovga nisbatan «og‘ir va asossiz ayblovlar» keltirilganini bildirgan.

Videoda «andijonlik bir yigitda viloyat hokimining katta bir jinoyati haqida dalil borligi, unga ko‘ra, hokim bir ayol va uning 15 yoshli qiziga xonadon olib bergani, ayolni ishga ham joylagani, ammo uning qizini bir necha bor zo‘rlagani» haqida gap ketadi.

«Fuqaro maʼlumotiga asoslangan, hech qanday dalilga ega bo‘lmagan bunday postlar shaxs shaʼni, qadr-qimmati va nufuziga ochiqdan-ochiq tajovuzdir», — deyiladi hokimlik raddiyasida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqoratlarga asos bo‘layotgan manbalar shubhali va noqonuniy ekani, bu holatga huquqiy baho berilishi qo‘shimcha qilingan.

«Ayni paytda Andijon viloyati hokimligi tomonidan ushbu asossiz maʼlumotlarni tarqatganlar va jamoatchilik ongida noto‘g‘ri fikr uyg‘otishga uringan shaxslar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Qonunga muvofiq ravishda ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi», — deyiladi xabarda.

Hokimlik jamoatchilikdan faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishni, ig‘vogarona maʼlumotlarga uchmaslikni so‘ragan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты