Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” kuni kecha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida navbatdagi tungi reyd tadbirini oʻtkazdi.
Tadbir davomida “E.“ MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga koʻra, ushbu MCHJ tomonidan tizimga 2,4 mlrd soʻmlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты