Andijon viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2025 yil 26 may kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Yangi Asaka yo‘li hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Nexia-2 siga hujjatlarini tekshirish maqsadida “to‘xtash” ishorasi berilgan.
Ammo, haydovchi, 2005 yilda tug‘ilgan A.M. YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan Asaka tumani hududi tomon ketib yuborgan. U shuningdek, Asaka tumani “Ko‘rkam” MFY hududda xizmat olib borayotgan bir nechta JTSB hamda YPX inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketayotgan vaqtida, ichki ko‘chadan asosiy yo‘lga keskin chiqib yuborishi oqibatida, o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Labo va Captiva rusumli transport vositalarini bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Shunda ham haydovchi to‘xtamasdan voqea joyidan ketib yuborgan. Shundan so‘ng, JTSB va YPX xodimlari ushbu transport vositasini kuzatib borib, Asaka tumani “Humo” MFY hududida to‘sib ushlashgan.
Ushbu transport vositasi hamda haydovchining yoni ikki nafar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu transport vositasining salonida o‘tkir tig‘li jism (pichoq) borligi hamda haydovchi tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarganligi aniqlangan.
Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, transport vositalari texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan haydovchi A.M.ga nisbatan MJtKning 288-moddasi tartibida tuman IIBning vaqtinchalik ushlab turish hibsxonasiga joylashtirilib, hozirda dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53104 | Инструменты