Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 28-avgust holatiga mamlakatimizning doimiy aholisi soni 38 milliondan oshdi.
XXI asrda koʻplab mamlakatlar aholisi kamayish xavfi ostida qolib turgan bir vaqtda, oʻzbekiston aholisi yil sayin barqaror surʼatlardagi oʻsishni namoyon etmoqda. Raqamlarga yuzlanadigan boʻlsak, 1991-yilda yurtimiz aholisi 20 million 600 ming kishini tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 34 yil ichida 17 milliondan ziyodga koʻpaydi.
Demografik oʻsish nafaqat mamlakat aholisining koʻpayishini, balki iqtisodiy rivojlanish, mehnat resurslari va yangi imkoniyatlar yaratilishini ham anglatadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston doimiy aholi soni boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida asosiy yetakchiligini saqlab qolmoqda.
Aholi sonining 38 millionga yetishi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni belgilaydi. 38 million – bu faqatgina raqam emas. Bu – yangi imkoniyatlar, yangi maqsadlar va kelajakka ishonch bilan qadam qoʻyayotgan xalqning qudratidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82814 | Инструменты