Huawei 1
Andijonda hokimi o‘rinbosari 15 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari mansab mavqeidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazgan holda, buning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida har biri 30 kv/m bo‘lgan jami 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 200 AQSH dollari oladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari qolgan 14800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты