Andijon viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon shahrida yashovchi fuqaroning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs, arizachi fuqaroning qizi bilan ikki yil davomida ishqiy munosabatda bo‘lganligi aks etgan intim video va rasmlarni tarqatish bilan qo‘rqitib, ularni oshkor etmaslik evaziga 50 million so‘m pul talab qilgan va ushbu miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 165-moddasi, 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat sodir etishda gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122506 | Инструменты