Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957-yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990-yilda tug‘ilgan) tegajonlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan.

Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты