Huawei 1
Andijonda sport maktabi murabbiyi ishqiy munosabatdagi maʼlumotlarni tarqatmaslik evaziga $7 ming talab qildi

Andijon viloyati Andijon tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining bir nafar jinoiy sherigi Andijon tumanidagi yashovchi fuqaroning bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi to‘g‘risidagi audioyozuvlarni ayolning oila aʼzolariga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘rsatib, sharmanda qilishini aytgan. Bu ishni qilmaslik evaziga 7 ming AQSH dollari talab qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida sport maktabi murabbiyi va uning sherigi shu yilning iyun oyida fuqaroning sir saqlanishi kerak bo‘lgan maʼlumotlarini oshkor qilmaslik evaziga 3 ming AQSH dollarini ham tovlamachilik yo‘llari bilan olganligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты