Huawei 1
Andijonda yana bir qiz bedarak yo‘qoldi. Buvisi unga murojaat qildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida 15 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani, “Yuksalish” MFY, Taraqqiyot ko‘chasi, 1-uyda yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan Shuhratova Umida Rustamjon qizi shu yilning 16-mart kuni soat 09:00 larda Qo‘rg‘ontepa tumani “Navro‘z” MFY, Zarobod ko‘chasida yashovchi katta buvisining yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror maʼlumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan 102 ishonch raqamiga yoki Qo‘rg‘ontepa tumani IIBning 74-723-12-02, 90-142-59-19, 93-584-82-02 telefon raqamlariga xabar berishingiz so‘raldi. 

“Umidaxon, meni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, uyga tezroq qayting. Sizni hammamiz yaxshi ko‘ramiz. Iltimos, tezroq keling”, — deya yig‘lab murojaat qilgan qizning buvisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты